11/04/2022

2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 7 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 36,1 ming tonna karam eksport qilgan.Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,7 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 27,6 ming tonna

Rossiya – 4,8 ming tonna

Qirgʻiz R. – 2,5 ming tonna

Belarus – 859 tonna

Ukraina – 320 tonna

11-aprel-3-ichi

Matbuot xizmati