2022- yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Mebel mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz R. – 824 ming
Qozogʻiston – 350 ming
Tojikiston – 146 ming
Rossiya – 107 ming
Hindiston – 89 ming
AQSH – 20 ming
Koreya – 13 ming
Ozarbayjon – 4,8 ming
Turkmaniston – 1,5 ming
Germaniya – 1,4 ming AQSH dollari
Axborot xizmati