2022- yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 45,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan. Trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,4 mln AQSH dollariga oshgan.
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 14,5 mln
Qirgʻiz R. – 14,2 mln
Italiya – 8,6 mln
Ukraina – 2,8 mln AQSH dollari
2022- yilning ikki oyida trikotaj mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 19,1 mln
Toshkent viloyati – 9,1 mln
Andijon viloyati – 6,4 mln
Buxoro viloyati – 3 mln AQSH dollari
Axborot xizmati