18/04/2022

2022- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 6 trln. 371,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.

? YAHM deflyator indeksi 2021-yilning yanvar-mart oylariga narxlarga nisbatan 111,7 % ni tashkil qildi.

?‍?‍? Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2 mln. 168,5 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,9 % ga yuqoridir.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 3,9 % ga yetdi.

Axborot xizmati