Joriy yilning 19- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev hamda Namangan shahar statistika bo‘limi narx registratori B. Hoshimjanovlar ishtirokida Namangan shaharidagi uyushgan savdo majmualarida 5-narx (do‘kon) xaftalik kuzatuvlari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, savdo majmualardagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar.
Kuzatuv davomida S. Melixujayev tomonidan narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha narx registratoriga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda Namangan shahridagi real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati