21/04/2022

Joriy yilning 14–15 va 18–20-aprel kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan MDH Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021 (XTD-2021) doirasida iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarni o‘rganishga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

taqqoslaw-1

taqqoslaw-2

Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

taqqoslaw3

taqqoslaw-4

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – XTD–2021 dasturi doirasida yil yakuni bo‘yicha kuzatilgan iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari yuzasidan qo‘shimcha savol va takliflarga aniqlik kiritish hamda XTD–2021 doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yana bir bor to‘xtalib o‘tishdan iborat.

taqqoslaw5

Yig‘ilish yakunida, MDH Statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan XTD–2021 doirasida kuzatilgan iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining natijalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

Axborot xizmati