Osiyo Belbogʻli kurash konfederatsiyasi prezidenti Muratov Mumin Manapovich hamda Oʻzbekiston Milliy belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Dastirov Ravshan Xudayberganovich Namangan viloyati hokimi bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad Belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun JAHON chempionati musobaqasini Namangan viloyatida oʻtkazish.
Uchrashuvda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov Namangan viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Tuychiyev Anvarjonga Jahon chempionati oʻtadigan joylarni oʻrganish va musobaqa tashkiliy ishlari boʻyicha bir qator topshiriq va koʻrsatmalar berib oʻtdi.