06/05/2022

odiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 

Vazirlar Mahkamasining «2022-2026 yillarda Namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» (https://lex.uz/docs/5984308)gi qarori qabul qilindi. (25.04.2022, 211-son)

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

✅ Aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan «Yoʻl xarita»;
✅ Namangan viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, «oʻsish nuqtalari» va «drayver sohalari»;
✅ sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari;
✅ 2022 yilda Namangan viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;
✅ Namangan viloyatining tuman va shaharlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʻyxati.

Kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq, Namangan viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,4 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravarga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,2 baravarga, xizmatlar hajmi 3,0 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,6 baravarga oshiriladi.

Namangan.uz