O‘zbekiston Respublikasi eksport-importida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini ta’minlash, turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlami yig‘ish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 5-maydagi 28-son buyrug‘i bilan joriy yilning 10-mayidan 10- iyuniga qadar kiruvchi va chiquvchi turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazilishi belgilagan.
Shu munosabat bilan, belgilangan reja-grafikga asosan, Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatidan biriktirilgan vakil – Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Irgashyev hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bobirjon Xoliqov tomonidan mazkur kuzatuvlarni samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 11-may kuni viloyat statistika boshqarmasida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
O'quv seminarida supervayzerlar va ishchi guruh a’zolariga mazkur kuzatuvni sifatli tashkil etish, kuzatuv jarayonida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatoliklarni oldini olish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati