2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Baliq va dengiz mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 752 tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
Rossiya – 980 tonna
Vyetnam – 541 tonna
Litva – 254,3 tonna
Qozogʻiston – 250,4 tonna
Norvegiya – 117 tonna
Latviya – 19,5 tonna
Fransiya – 1,9 tonna