20/05/2022

Joriy yilning 20-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida ““Korrupsiya-davlatimiz rivojiga to‘siq” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi. 

Semninarda Namangan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev korrupsiya-o‘zi nima? korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, korrupsiya-davlatimiz rivojiga yetkazadigan zararlari haqida atroflicha tushuncha berdi. 

Shu bilan birgalikda, Davlat statistiika qo‘mitasi tomonidan ham ushbu illatga qarshi amaliy ishlar olib borilayotganligini va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy ravishda proflaktik tadbirlar, seminar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinayotganligini, qolversa notijorat va tijorat tashkilotlaridan hisobot qamrovini olishda elektron tizimga o‘tilib, qog‘oz shaklidan voz kechilganligi ham korrupsiyaga tizimda chek qo‘yishniyeg bir usullaridan ekanligini, bundan tashqari tizimga xodimlarni ishga qabul qilish ham Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi orqali shaffof tizimda test sinovidan o‘tgach, suhbat asosida olinayotganligi hamda qurilish ishlari ham ochiq tender asosida amalga oshirilayotganligi ham tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmayotganligidan dalolat berishini ham ta’kidladi.

Yuqoridagilardan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Davstatqo‘m Antikorupsiya” kanali orqali respublika bo‘ylab korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar haqida ma’lumotlar joylab borilayotganligini va qo‘mita tomonidan korrupsiya bo‘yicha antikorrupsiya bo‘yicha bot ham ishga tushirilganligini va bularning barchasi tizimda korrupsiyani butunlay yo‘q qilishga qaratilgan harakatlardan biri ekanligini aytib o‘tdi.

Axborot xizmati