13/05/2022

 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

2022- yilning 13- may kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

Jumladan, Toshkent SHHT Xalq diplomatiyasi forumi, III xalqaro reytinglar forumi tafsilotlari tushuntirildi.

 

Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

Axborot xizmati