23/05/2022

Mamlakatimizdagi kabi, viloyatimizda ham qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa aholi hamda xorijiy sarmoyadorlarning oʻz shaxsiy biznesini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra Namangan viloyati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 35 925 tani tashkil etib, ulardan 34 253 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 1 969 korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi. 2022- yil 1- may holatiga ko‘ra tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni - 21 827 ta, Oilaviy korxonalar - 1 235 ta, Unitar korxonalar – 137 ta, Xususiy korxonalar - 6 239 ta,  Aksiyadorlik jamiyatilari – 21 ta va boshqa korxonalar 426 tani tashkil etmoqda.

 

Siddiqov Akmaljon Viloyat statistika boshqarmasi

Statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i