24/05/2022

Joriy yilning 24–25- may kunlari poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasida barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʻminlashdan iborat.

2022- yilning 23- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur xalqaro konferensiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Qozogʻiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi Milliy statistika byurosi boshligʻi Jandos Shaymardanov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

240522_2

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv maqsadlariga erishishda boshqaruv sifati va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan siyosatni ishlab chiqishda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish masalalari xususida fikr almashildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” (EGED) dasturi boʻyicha tashkil etiladigan xalqaro konferensiyada butun mintaqadan faktlarga asoslangan siyosat va islohotlarni ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar ishtirok etadi.

240522_3

240522_4

240522_5

Konferensiya ishtirokchilari maʼlumotlarni ishlab chiqarish, tahlil qilish va davlat siyosati uchun maʼlumotlardan foydalanish, faktlarga asoslangan siyosatni amalga oshirish jarayoni va fuqarolik jamiyatining rolini kuchaytirishda o‘z tajribalari bilan oʻrtoqlashadilar.

 

Matbuot xizmati