23/05/2022

Hozirgi vaqtda xizmatlar sohasi iqtisodiyotniig istiqbolli va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U bilan bog‘lik faoliyat doirasi juda keig bo‘lib, savdo, transport, aloqa va axborotlashtirishdan molnyalashtirish, sug‘urta, taʼlim va sog‘likni saqlash, shuningdek, vositachilik xizmatlarini qamrab oladi.

 2022- yil 1- may holatiga Namangan viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 21 725 tani tashkil etib, joriy yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 trillion 126,1 milliard so‘mni tashkil etdi va o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 115,2 foizni ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yaʼni, savdo xizmatlari 1 trillion 341,4 milliard, moliyaviy xizmatlar 733,0 milliard, transport xizmatlari 714,4 milliard so‘mni tashkil etadi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 mln. 404,4 ming so‘mga yetdi. 2021- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 112,6 % ni tashkil etdi.

Abdullayev Javlonbek Viloyat statistika boshqarmasi

Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi boshlig‘i