23/05/2022

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishda, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida, eksport tarkibida sezilarli o‘zgarishga erishildi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning eksportyorlar soni 299 tani tashkil etib, ular tomonidan 171,9 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 33,5 % ga ko‘paydi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 97,9 % ni tashkil etib, ular Sanoat tovarlari (59,0 %), Xar-xil tayyor mahsulotlar (22,0 %) va Oziq ovqat mahsulotlari  (11,7 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Abdulxodi  Viloyat statistika boshqarmasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i