Mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida sohada ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Shahar va qishloqlar qiyofasi oʻzgarib, odamlarning turmush farovonligi oshib bormoqda. Jumladan, viloyatimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlar va koʻp qavatli uy-joylar barpo etilmoqda.
2022- yilning 1- may holatiga ko‘ra, Namangan viloyat bo‘yicha 2427 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 1 trln. 634,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 107,1 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibida yirik qurilish tashkilotlari - 5,3 %, norasmiy sektor - 23,9% hamda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 70,8 % ni tashkil etmoqda.
Tursinov Bahromjon Viloyat statistika boshqarmasi
Investitsiyalar va Qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i