24/05/2022

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2022- yil 1– aprel holatiga 2 mln. 945,0 ming kishini tashkil etib, 2022- yil boshidan 13,9 ming kishiga yoki  0,5 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 908,8 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,8 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 036,2 ming  kishini (35,2 %) tashkil etdi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-mart oylarida 17,5 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 9 ming nafarini o‘g‘il bolalar, 8,5 ming nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda. 2022- yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 3,6 ming nikoh va 1078 ta nikohdan ajralishlar  qayd etildi.

 Migratsiya. 2022- yil yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 649 kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 1248 kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 599 kishi bo‘lib, 2021- yilning mos davrida minus 726 kishi bo‘lgan.

Yo‘ldashev Nodirbek Viloyat statistika boshqarmasi

Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i