Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 4 trln. 583,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,1 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 80,8 %ni tashkil etdi.
Jumladan, 2022- yilning yanvar-aprel oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 40,8 ming tonna bug‘doy uni, 10,6 ming tonna paxta tolasi, 6,3 ming. tonna yog‘ mahsulotlari hamda 19,5 ming tonna paxta chigiti ishlab chiqariligan.
Jalilov Elmurod Viloyat statistika boshqarmasi
Sanoat statistikasi bo‘limi boshlig‘i