17/05/2022

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 6099-son farmoni ijrosinoi ta'minlash maqsadida joriy yilning 16- may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarmoq boʼlimlari oʼrtasida mini fudbol musobaqalariga start berildi.

Ushbu musobaqada boshqarmaning tarmoq boʼlimlaridan tashkil topgan 4 ta jamoalari 2 guruhga boʼlingan holda ishtirok etishdi. Mazkur musobaqaning final bosqichi boshqarmaning Dasturchilar hamda Navbahor jamoalari oʼrtasida boʼlib oʼtdi. Qiziqarli va murosasiz bo'lib o'tgan uchrashuvda Dasturchilar jamoasi 5:3 hisobida gʼalabaga erishdi. 

 

Axborot xizmati