Gullar festivali doirasida Oʼzbekiston milliy simfonik orkestrining «Ochiq osmon ostida» deb nomlangan kontsert dasturi namoyish qilindi. Ushbu konsert dasturiga viloyat statistika boshqarmasining bir qator xodimlari madaniy xordiq olish maqsadida tashrif buyirishdi.
Kontsertda Milliy simfonik orkestr, taniqli va yosh solistlar jahon hamda oʼzbek kompozitorlarining mashhur asarlari, kinofilm, serial musiqalaridan namunalar ijro etdilar.
Аfsonalar vodiysi amfiteatrining ochiq osmon ostida namoyish qilingan jonli ijrodagi kontsert yigʼilganlarga oʼzgacha zavq bagʼishladi.