25/05/2022

Joriy yil 24- may kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.

aholper_25_05_22_ici1

Onlayn seminarda hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

aholper_25_05_22_ici2

Tadbirda viloyatlarda o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar natijasida aniqlangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kamchiliklar, hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

aholper_25_05_22_ici3

Shuningdek, seminarda hududiy statistika organlari xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati