25/05/2022

2022- yil yanvar-aprel oyi yakuni bo’yicha Namangan viloyati tomonidan 58 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi.

Xorijiy davlatlardan import qilingan tovar va xizmatlar tarkibi, mln.AQSH dollar:

? Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar - 30,5, 

? Sanoat mahsulotlari - 48,9,

? Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar - 29,9,

? Mashinalar va transport asbobuskunalari - 83,9,

? Boshqalar - 33,8 mln.AQSH dollarni tashkil etgan.

✅ Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko’ra, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 36,2 mln.AQSh dollariga ko‘paydi va 227,09 mln.AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,8 ming.AQSh dollariga yetdi.

Matbuot xizmati