25/05/2022

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'ligini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasida haftaning har seshanba va juma kunlari ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida xodimlar o'rtasida maxsus sport majmualarida o'tkaziladigan haftalik turli sport tadbirlari ham o'tkazilmoqda. Xususan, shu yil 24- may kuni reja asosida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari o'rtasida fudbol o‘yinlari o'tkazildi.

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish orqali turli xil kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Axborot xizmati