Joriy yilning 24–25- may kunlari poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur xalqaro konferensiyani oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasida barqaror va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʻminlashdan iborat.
Joriy yilning 25- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur xalqaro konferensiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Qirg’iz Respublikasi Milliy statistika komiteti raisining birinchi o‘rinbosari Orozbayeva Aynura Djantayevna oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv maqsadlariga erishishda boshqaruv sifati va u bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan siyosatni ishlab chiqishda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish masalalari xususida fikr almashildi.
Eslatib o’tamiz, 23- may kuni Davlat statistika qoʻmitasida mazkur xalqaro konferensiya doirasida Davlat statistika qoʻmitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Qozogʻiston Respublikasi Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi Milliy statistika byurosi boshligʻi Jandos Shaymardanov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Matbuot xizmati