2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga qiymati 26,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 662 ming tonna sement import qilingan. Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 372 ming tonnaga kamaygan.
2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 289,5 ming tonna
Qozogʻiston – 185,3 ming tonna
Qirgʻiz R. – 179,3 ming tonna
Turkmaniston – 3,7 ming tonna
Eron – 3,7 ming tonna
Rossiya – 344 tonna
Matbuot xizmati