2022-yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3702,6 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 80,8 % ini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 1,3 %ni (2021- yilning yanvar-aprel oylarida – 1,8 %), o‘rta-yuqori texnologiyali – 6,8 % (7,0 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 13,5% (12,9%) va quyi texnologiyalisi – 78,4 % (78,3 %)ni tashkil etdi.