27/05/2022

✅ Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida jami 1634,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 107,1 % ni tashkil etdi.

✅ Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

♻️  Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

?Yirik qurilish tashkilotlari - 5,3

?Norasmiy sektor - 23,9

?Kichik korxona va mikrofirmalar - 70,8

✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.

Axborot xizmati