Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yilning yanvar-aprel oylari yakuniga ko‘ra ushbu xizmat turining ulushi 25,0 % ni tashkil etib, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 25 427,1 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.
O‘tgan yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan joriy yilning yanvar-mart oylarida ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 138,8 % ni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: 2021- yilning yanvar-aprel oylarida savdo xizmatlarining o‘sish sur’ati 121,4 foizni tashkil etgan.