2022- yilning yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida sog‘liqni saqlash sohasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu sohada barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 1256,9 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 45,4 % o‘zlashtirildi.