Namangan viloyati statistika hamda viloyat turizm boshqarmalari hamkorligida Namangan viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan.
Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatidan biriktirilgan vakil – Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Botir Irgashyev, Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari Ravshan Jiyanov Kosonsoy tumanida joylashgan chegara punktida o'tkazilayotgan kuzatuv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Aytish kerakki, mazkur kuzatuvlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish tartibini belgilaydi. Shuningdek, respublika eksportida turizm hajmining to‘liq hisobga olinishini, turizm statistikasi ko‘rsatkichlari va turizm yordamchi hisobini shakllantirishni ta’minlaydi.
Kuzatuv natijasi asosida turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, respublika hududida chet ellik turistlarning hamda va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlarining amalga oshirgan sarf-xarajatlari tarkibi kabi ma’lumotlar shakllanadi.
Respublikaning turizm bo‘yicha eksport-import ko‘rsatkichi tanlanma kuzatuv natijalari asosida bitta tashrif buyuruvchiga to‘gri keladigan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Kuzatuvni tashkil qilish va o‘tkazish Turizm va madaniy meros hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Axborot xizmati