30/05/2022

2022- yilning 30- may kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbir  qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Unda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi rаisi o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich, markaziy apparat hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

axoli_1

axoli_2

axoli_3

Tadbirda dastlab, 2021- yil 27- avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 544-son “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Aholining o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi darajasi “Oziq -ovqat xavfsizligini sezish darajasi” (FIES) savolnomasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

axoli_4

axoli_5

 Shundan so‘ng, qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov tizim xodimlarining malakasi va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.

Xususan, aholi turmush darajasini o‘rganishda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarining o‘rni, tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Seminarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Matbuot xizmati