2022- yil 1- may holatiga roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 517 501 tani tashkil etib, hozirda ularning 484 935 tasi faoliyat koʻrsatmoqda.Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlaridan 481 138 tasi kichik biznes subyektlari va 3 797 ta yirik korxonalar hisoblanadi.
Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
- 316 903 tasi masʼuliyati cheklangan jamiyat,
- 89 148 tasi xususiy korxonalar,
- 52 495 tasi oilaviy korxonalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha:
savdo 157 107 ta,
sanoat 91 066 ta,
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 46 045 ta,
qurilish 43 658 ta sohalari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.