2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi aholisining kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 73,8 yilni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2021-yil boshida 73,4 yoshni tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning 1-yanvar holatiga erkaklar uchun 71,7 yilga, ayollar uchun esa 75,8 yilga teng. Shahar va qishloq joylar uchun kutilayotgan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi bir xil, yaʼni 73,8 yilni tashkil etgan.