01/06/2022

Joriy yilning 1- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

akt_010622_ici1

Tadbirda dastlab, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

akt_010622_ici2

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida Axborot xavfsizligi hamda tizimda AKTni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

akt_010622_ici3

Jumladan, hududiy boshqarmalarda axborot xavfsizligi joriy etish, sohaga so‘nggi AKTni tatbiq etish hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

akt_010622_ici4

Vebinar so‘nggida, Axborot xavfsizligi hamda AKT sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati