03/06/2022

2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha tashilgan (avtomobil va temir yo‘l transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 1 741,9 ming tonnani tashkil etdi.

boj44_0020622_ici

Ulardan 1 690,1 ming tonna yuk – temir yo‘l transporti orqali, avtomobil transporti orqali esa 51,8 ming tonna tashilgan.

Mamlakat hududidan o‘tgan vagonlar soni 29 379 birlikdan iborat. Avtomobil transportlari soni esa 3 108 birlikni tashkil etgan.

Qayd etilgan hajmdagi tranzit yuklar mamlakatimiz hududidan 29 379 ta vagon va 3 108 ta avtomototransport vositalarida olib oʻtilgan.