06/06/2022

Pop tumani Orom massivida dashtlik yerlarda tashkil etilgan 81 gektarli issiqxonalar majmuasida tadbirkor dehqonlar tomonidan bir mavsumning oʻzida 100 ming AQSH dollari qiymatidagi poliz mahsulotlari chet davlatlarga eksport qilindi.

Ayni damda Respublika Turon bank rahbari hamda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazaqov boshchiligidagi ishchi guruh ushbu issiqxonalarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda viloyat hokimi tadbirkorlar bilan uchrashib ularga oʻziga tegishli boʻlgan yerning har-bir qarich joyidan unumli foydalanib oʻz daromadini oshirish, shu bilan birgalikda yangi ish oʻrinlari yaratish uchun kerakli boʻlgan barcha zaruriy choralar va sharoitlar yaratilishini taʼkidlab oʻtdi.

Hisob-kitoblarga koʻra, 1 gektar issiqxonadagi limon yetishtiriladigan maydondan 30 tonna limon yetishtiriladi. Bunda tumanning eksport salohiyati ham sezilarli darajada ortadi. Eng asosiysi, ushbu loyiha doirasida 500 ta doimiy, 1300 ta mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi.

Namangan.uz