Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 1,0 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2018-yilda qayd etilgan.
Bunga koʻra, 2018-yilda respublikamizda jami 1,1 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Xususan:
2016-yil 1,1 mln tonna, oʻsish surʼati 106,6 %;
2017-yil 1,1 mln tonna, oʻsish surʼati 98,0 %;
2018-yil 1,1 mln tonna, oʻsish surʼati 103,2 %;
2019-yil 1,0 mln tonna, oʻsish surʼati 89,4 %;
2020-yil 1,0 mln tonna, oʻsish surʼati 99,4 %.
Shuningdek, 2018-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining asosiy ulushi Buxoro viloyati (0,7 mln tonna, 61,9 %) hissasiga toʻgʻri keladi.
Shu bilan birga, 2021-yilning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yirik korxonalar tomonidan 1,1 mln tonna, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida esa yirik korxonalar tomonidan 0,4 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.