2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli eng koʻp avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (525 028 birlik), Samarqand (392 475 birlik) hamda Toshkent (324 154 birlik) viloyatlarida qayd etilgan.
Ushbu hududlardagi jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni respublikadagi umumiy avtomobillar sonining 38 % ini tashkil etadi.
Hududlar boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni (birlik)
Oʻzbekiston Respublikasi – 3 268 470
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 135 872
Andijon – 223 783
Buxoro – 212 757
Jizzax – 90 860
Kashkadaryo – 260 583
Navoiy – 97 439
Namangan – 218 613
Samarkand – 392 475
Surxondaryo – 183 364
Sirdaryo – 68 278
Toshkent v. – 324 154
Fargona – 325 009
Xorazm – 210 255
Toshkent sh. – 525 028