07/06/2022

Siz faoliyat koʼrsatayotgan mahalla fuqoralar yigʼini tomonidan belgilangan 2-DX shakli (dehqon va tomorqa xoʼjaliklari faoliyati toʼgʼrisida) hisobotining 1-iyul holatiga oʼz muddatida eStat-4 orqali elektron tarzda taqdim etishingizning soʼraymiz. eStat-4 avtomatlashtirilgan axborot tizimida mavjud boʼlgan statistika hisobotlarining elektron shaklini (namunasini) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasining www.hisobot.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Eslatma!!! Mansabdor shaxslarning statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʼlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʼrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi.

Toʼraqoʼrgʼon tuman statistika boʼlimi