O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha quyidagi lavozimlarga ishga qabul qilishni e’lon qiladi:
1) Loyiha boshqaruvi guruhi direktori;
2) Loyiha koordinatori;
3) Moliyaviy boshqaruv bo‘yicha mutaxassis;
4) Xaridlar bo‘yicha mutaxassis.
Loyiha “2020 - 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasining, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik salohiyatini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Ishlarning ta’riflari va talablarini diqqat bilan o‘qib chiqqandan so‘ng (har bir lavozim bo‘yicha asosiy talablar bilan quyida tanishishingiz mumkin), qiziqish bildirgan nomzodlar rezyume (3 sahifagacha) hamda ularning vakolatlari, tajribalari va nega aynan ushbu lavozimga va nima uchun ular bu lavozimga mos kelishlari mazmunidagi ariza-xatni (2 varaqgacha) topshirishlari mumkin.
Hujjatlar ingliz tilida This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron-pochta manzilida 30.06.2022 yil soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.
Eslatma: Tanlov komissiyasi faqat suhbat uchun tanlanganlar bilan bog‘lanadi.