2022- yil 1- yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami 7 147,2 ming kvartira (uy)lar mavjud boʻlib, shulardan 3 xonali kvartira (uy)lar eng koʻp qurilgan (2 227,3 ming birlik yoki umumiy kvartira (uy)lar sonidagi ulushi 31,2 %). Ommaviyligi boʻyicha keyingi oʻrinlarni 4 xonali (1 668,9 ming yoki 23,4 %), 2 xonali (1 535,6 ming yoki 21,5 %), 5 xonali (651,2 ming yoki 9,1 %), 1 xonali (567,8 ming yoki 7,9 %) va 6 xonali va undan ortiq (496,4 ming yoki 6,9 %) uylar band etgan.