Joriy yilning 3- iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasining 11.08.2021-yildagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O’RQ-707-son va 11.05.2022-yildagi “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O’RQ-768-son Qonunlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.