Joriy yilning 15- iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev dunyo miqyosida barcha davlatlarni tashvishga solayotgan, hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri – korrupsiya ekanligini, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olganligini, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida davlatning pullari va mablag‘lari o‘zlashtirilib yuborilishini, shu sababdan korrupsiya va poraxo‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkinligini, shuning uchun hamma davlatlar bunga qarshi kurashish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib kelayotganligini haqida ma'lumotlar berdi.
Seminar davomida korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida birgalikda kurash olib borishimiz lozimligini, kelgusida korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi Qonun bilan mustahkamlab qo‘yilayotganligini ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilish davomida davlat statistika organlarida mazkur yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, tizimli nazorat o‘rnatish va sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar muhokama etildi.
.