Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 mln. dona mobil telefon import qilingan.
Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 216311 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan.
Oʻzbekiston 5 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 846 504 dona
Vyetnam – 128 407 dona
Hindiston – 73 371 dona
BAA – 47 112 dona
Qozogʻiston – 4030 dona
Koreya – 1 586 dona
Oylar kesimida telefon importi:
yanvar – 129 766 dona
fevral – 284 461 dona
mart – 286 056 dona
aprel – 276 362 dona
may – 124 393 dona