Joriy yilning 20–22- iyun kunlari Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “Qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha tavsiyalar” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur xalqaro konferensiya Qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar statistikasi bo'yicha ekspert guruhi (EGRISS) tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni oʻtkazishdan maqsad – 2023- yil mart oyida IROSS (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha xalqaro tavsiyalar) loyihasi taqdim etilishidan oldin BMT Statistika Komissiyasi va mamlakatlar vakillari tomonidan taqdim etilgan fikr-mulohazalar va ko'rsatmalarni ko'rib chiqishdan iborat.
Joriy yilning 21- iyun kuni mazkur xalqaro konferensiya doirasida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Melixo‘jayev Sanjarbek Obitxonovich “O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilda o‘tkazilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayoni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqidagi ma’lumotlar” bo‘yicha nutq so‘zladi.
Shuningdek, xalqaro konferensiya davomida mavjud ma’lumotlar manbalaridan foydalangan holda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning statistik bazasini ishga tushirish yuzasidan turli davlatlar vakillarining ma’ruzalari tinglandi va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, onlayn seminarda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ham ishtirok etdi.