Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2018- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 178,8 foizni tashkil etdi. So’nggi besh yillikda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
2018 yilda – 52 230 ta
2019 yilda – 65 325 ta
2020 yilda – 73 825 ta
2021 yilda – 88 402 ta
2022 yilda – 93 385 ta