MDHga aʼzo davlatlar statistika xizmatlari tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, 2022- yilning aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining eng yuqori oʻsish surʼati Moldova Respublikasida 5,7 % darajasida qayd etildi.
Qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻiziston Respublikasida aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 3,1 % ga, Tojikiston Respublikasida esa 1,4 % ga qimmatlashgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 2,1 % ga oshdi.