23/06/2022

2022- yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 930,9 ming so‘mga yetdi. 2021- yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 115,4 % ni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2021 - yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 555,3 ming so‘mni tashkil etgan. 2020- yilning yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 119,5 % da qayd etilgan.