2022- yil yanvar-may oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining ulushi 67,4 % ni tashkil etdi.
Ma'lumot o‘rnida: 2022- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida kichik tadbirkorlik subyektlarining hissasi 79,7 % ga to‘g‘ri keldi.